Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Tashqi oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan fuqarolar taqdim etadigan xujjatlarni bilasizmi?


Tashqi oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan fuqarolar taqdim etadigan xujjatlarni bilasizmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qaroriga ILOVA “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida” gi NIZOM ning 6-bandiga koʻra, Oʻrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxslar:

pasportni yoxud uning oʻrnini bosadigan hujjatni;

mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha maʼlumotnomani taqdim etishi shart.

Oʻrindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qoʻmitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi.

Bajarilishi uchun faqat qonunchilikka muvofiq muayyan ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyilishi mumkin boʻlgan ishga oʻrindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.

Maxsus bilimlarni talab etadigan oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilishda ish beruvchi xodimdan maʼlumoti yoki kasb-hunar boʻyicha tayyorgarligi toʻgʻrisidagi diplomni yoxud boshqa hujjatni talab qilish huquqiga ega.

Oʻrindoshlik asosida ishlashga qabul qilishda ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi

 

 

M.Shamatov