Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Tashqi oʻrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida bilasizmi?


Tashqi oʻrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida bilasizmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qaroriga ILOVA “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida” gi NIZOM ning II-boʻlimida Mehnatga haq toʻlash tartibi belgilangan boʻlib, uning 11-bandiga koʻra, Oʻrindoshlar mehnatiga haq toʻlash mehnat shartnomasiga muvofiq:

mehnatga haq toʻlashning ishbay shaklida – haqiqatda bajarilgan ish uchun;

mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklida – ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.

12. Mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati boʻyicha hisoblanadi.

Agar mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklida oʻrindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq toʻlash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi boʻyicha toʻlanadi.

Tuman koeffitsiyentlari va ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq toʻlash koeffitsiyentlar va ustamalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

13. Oʻrindoshlik asosidagi ish uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori mehnat unumdorligiga yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarga qarab, ishlangan vaqtga proporsional ravishda, qonunchilikda belgilangan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha birinchi razryad tarif koeffitsiyenti asosida hisoblab chiqilgan miqdordan past boʻlishi mumkin emas.

14. Xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqishda, ushbu hisoblab chiqish maqsadlaridan qatʼi nazar, asosiy ish joyi boʻyicha va oʻrindoshlik boʻyicha ish uchun ish haqi alohida hisoblab chiqiladi.

15. Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qoʻshimcha haq, ustama, ragʻbatlantirish toʻlovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi

 

 

M.Shamatov