Янгиликлар
Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʻrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi kimlarga berilganidan xabardormisiz?
Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʻrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi kimlarga berilganidan xabardormisiz?
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 559-moddasida,
Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʻrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan xodimlar belgilangan boʻlib, unga koʻra, yakka tartibdagi mehnat nizosining koʻrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega:
1) xodim yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasi;
2) Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari;
3) ish beruvchi, u mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning qaroridan norozi boʻlganda, shuningdek oʻziga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash haqidagi nizolar boʻyicha;
4) qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari;
5) prokuror.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi |
M.Shamatov |