Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish


Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish

Fermer xo‘jaligi o‘ziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.

Bo‘sh turgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari fermer xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi.

Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘quv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilmaydi.

Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qo‘shimcha ijaraga olishi mumkin.

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.

Kreditlar olish uchun fermer xo‘jaligi o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini garovga qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qo‘yishga haqli.

 

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                            S.Siradjiddinova