Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Ish beruvchi xodimga kompensatsiya tolovlarini amalga oshirishga majbur


Qonunchilikka ko‘ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart: ➖xizmat safarlarida bo‘lganda;

sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda;

ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda;

xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi munosabati bilan;

xodim foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

Bekobod shahar Adliya bolimi xodimi                        Sh.Malikov