Янгиликлар
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq imtiyozlari beriladi
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq imtiyozlari berilishi belgilangan.
Bunda ishtirokchilar foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab quyidagi muddatlarda ozod qilinadi:
3 mln AQSh dollaridan – 5 mln AQSh dollarigacha investitsiya uchun – 3 yil;
5 mln AQSh dollaridan – 15 mln AQSh dollarigacha investitsiya uchun – 5 yil;
15 mln AQSh dollari va undan ko‘p investitsiyalar uchun –10 yil.
Bekobod shahar Adliya bolimi xodimi N.Tursunov