Янгиликлар
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin bolmagan shaxslar
Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas?
Qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.
Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.
Bekobod shahar Adliya bolimi xodimi J.Norqo’ziyev