Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Tadbirkor uyidan YaTT sifatida doʻkon ochganda, noturarga oʻtkaz deb majburlash toʻgʻrimi?


Tadbirkor uyidan YaTT sifatida doʻkon ochganda, noturarga oʻtkaz deb majburlash toʻgʻrimi?

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 1-bandida YaTT oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish faoliyati bilan shugʻullanishi mumkinligi keltirilgan.

Bunda YaTT oʻz turar joyida faoliyatni tashkil etishi mumkin.

           Lekin bundan qurilish materiallari, sement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmasevtika tovarlarini sotish bundan mustasno.

Bekobod tumani Adliya boʻlimi YuXKM boshligʻi A.Iskandarov