Янгиликлар
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari jismoniy tarbiya fanini oʻtishga haqlimi?
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari jismoniy tarbiya fanini oʻtishga haqlimi?
JAVOB:
Gap boshlangʻich sinflardagi jismoniy tarbiya fani haqida ketayotgan boʻlsa, unda oʻqituvchilar haqli.
Xalq taʻlimi vazirligining 2020-yil 10-avgust kunidagi 03-02/01-1807-sonli koʻrsatmasida umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi diplomida “Boshlangʻich taʻlim va sport-tarbiyaviy ish” ixtisosligi berilgan bulsa, ular umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining boshlangʻich sinflarida “ona tili”, “oʻqish”, “tarbiya”, “matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy sanʻat”, “texnologiya”, “jismoniy tarbiya” fanlaridan dars berishi mumkin.
Bekobod tumani Adliya boʻlimi YuXKM boshligʻi A.Iskandarov