Янгиликлар
BIR OILADAN BOʻLGAN QARINDOSHLAR MAKTABDA BIRGA ISHLASHI MUMKINMI?
BIR OILADAN BOʻLGAN QARINDOSHLAR MAKTABDA BIRGA ISHLASHI MUMKINMI?
Mehnat kodeksining 121-moddasiga koʻra, Oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa taqiqlanadi.
Istesnolar Vazirlar Mahkamasining 133-son ЎЗБEКИСТОН РEСПУБЛИКАСИНИНГ МEҲНАТ КОДEКСИНИ AMALGA OSHIRISH UCHUN ZARUR BOʻLGAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDAgi qaroriga 3-ilovada belgilangan boʻlib, unda Barcha oʻquv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, oʻqituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa ham ishlashlari mumkinligi koʻrsatilgan.
Demak, sizning vaziyatingizda oʻqituvchilar bir-birovga boʻysungan holatda ishlashlari mumkin. Shuningdek, yaqin qarindoshlar zavxoz va oʻqituvchilar, hamda qorovul xodimlar maktabda bir-biriga boʻysunuv tartibida ishlamasliklarini ham hisobga olish zarur!
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli