Янгиликлар
HODIM MEHNAT TAʼTILIGA CHIQAYOTGANIDA UNGA TAʼTIL PULI QACHON TOʻLANISHI KERAK ?
HODIM MEHNAT TAʼTILIGA CHIQAYOTGANIDA UNGA TAʼTIL PULI QACHON TOʻLANISHI KERAK ?
Amaldagi Mehnat kodeksining 233-moddasiga asosan, har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun xodimga belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.
Hodimning har yilgi mehnat taʼtili uchun haq toʻlash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq taʼtil boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yuqoridagi normaning mazmunidan kelib chiqadigan boʻlsak, demak hodim mehnat taʼtiliga chiqayotganida unga taʼtil vaqti uchun toʻlov oldindan amalga oshirilishi kerak. Bu normada istisno, mustasno, mabodo degan holatlar yoʻq. Aytaylik, amalda ishlab turgan hodim oyning 15 sanasidan mehnat taʼtiliga chiqishga ariza bergan boʻlsa, taʼtil puli unga taʼtilga chiqishdan oldingi oxirgi ish kni yaʼni, oʻsha oyning 14 sanasidan kechiktirmay toʻlanishi kerak.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli