Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

KREDIT TOʻLASHDA HECH KIMGA IMTIYOZ MAVJUD EMAS


KREDIT TOʻLASHDA HECH KIMGA IMTIYOZ MAVJUD EMAS.

 

Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga asosan Kredit shartnomasi boʻyicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablagʻlari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi.

Kredit qarzdorligingiz oshib boraversa, bank shartnomda belgilangan muddat oʻtganidan soʻng qarzdorlikni undirish maqsadida sudga murojaat qiladi. Sud bankning talabini qanoatlantirib shu boʻyicha qaror chiqarsa, ishingiz davlat ijrochisiga (MIB) ga oʻtadi. Agar unda ham qarzdorlik majburiyatingizni ixiyoriy ravishda bajarmasangiz, davlat ijrochisi qarzdorlikni undirish uchun "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonunning 46-moddasida koʻrsatilgan majburiy ijro etish choralaridan birini qoʻllaydi.

 

Ohangaron tuman Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi          Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon    bosh yuriskonsulti                                        oʻgʻli