Янгиликлар
SOLIQ VAFOT ETGAN OTAMNING NOMIGA KELMOQDA QANDAY QILIB OʻZIMNING NOMIMGA OʻTKAZSAM BOʻLADI?
SOLIQ VAFOT ETGAN OTAMNING NOMIGA KELMOQDA QANDAY QILIB OʻZIMNING NOMIMGA OʻTKAZSAM BOʻLADI?
Soliq kodeksining 133-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (yegalari) toʻgʻrisidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida yelektron shaklda taqdim yetishi shart.
Shunga koʻra, marhumga tegishli koʻchmas mulk obyektiga boshqa fuqaroga biriktirish boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarga murojaat qilishingiz lozim. Marhumga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga nisbatan huquqlar qonunchilikka muvofiq notarial meros ishlari yakunlangandan keyin yoki sud qaroriga koʻra boshqa fuqaroga oʻtadi. Shu sababli fuqaroga avval koʻchmas mulkka nisbatan meros ishi bilan shugʻullanishingiz, undan keyin kadastr organiga murojaat qilishingiz lozim.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li