Янгиликлар
Savol bering javob beramiz ruknidan
Savol bering javob beramiz ruknidan
Savol Harbiylar va ularning oila a'zolariga qanday ijtimoiy imtiyozlar bor?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan Harbiy xizmatchilarga quyidagi ijtimoiy kafolatlar beriladi:
· ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal ular uchun kiritilgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga xizmat turar joyidan (mavjud bo‘lganda) foydalanish huquqi yoxud to‘liq 12 oygacha bo‘lgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi;
· yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga yer uchastkasini mustaqil o‘zlashtirish davrida xizmat turar joyidan (mavjud bo‘lganda) foydalanish huquqi yoxud to‘liq 24 oygacha bo‘lgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi.
5. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga ta'til ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda beriladi.
6. Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston OTM talabalariga harbiy xizmatni o‘tash uchun akademik ta'til berilishi mumkin.
Akademik ta'til o‘quv yilining har qanday qismida, jumladan, harbiy xizmatni o‘tash uchun – harbiy xizmatni o‘tash muddatiga beriladi.
7. Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.
8. Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob'ektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta'minlanish huquqiga ega.
9. Yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) taqdim qilingan.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Bosh yuriskonsultii Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li