Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Alimentga to‘langan pul soliqdan ozod qilinmagan


Alimentga to‘langan pul soliqdan ozod qilinadimi

Fuqaro murojaati: Men tashkilotda bugalter bo‘lib ishlayman bir xodimimiz aliment to‘lashi belgilandi men uning oyligini alimentga yo‘naltirishim kerak. Shunda xodimning oyligidan soliq olish qanday tartibda bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yil 8-iyuldagi 157-son buyrug‘iga ILOVA “Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish” qoidalarining 9-bandiga ko‘ra, qarzdorning ish haqidan ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolinganidan so‘ng qolgan summadan hisoblab chiqariladi.

        Qoidalarning 10-bandiga ko‘ra, agar ijro hujjatida ish haqidan undirish miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud ijrochisi har bir alohida holatda undiruv miqdorini belgilashga haqli.

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshmaslaxatchisi:                            V.M.Farmankulov