Янгиликлар
VASIYATNOMANI BEKOR QILSA BOʻLADIMI?
VASIYATNOMANI BEKOR QILSA BOʻLADIMI?
Fuqarolik kodeksining 1120-moddasiga asosan fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi.
Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
EʼTIBOR BERING. Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va oʻzgartirish borasida erkin boʻlib, bunda bekor qilish yoki oʻzgartirish sabablarini koʻrsatishga majbur emas.
Meros qoldiruvchi oʻzi vasiyatnomada merosxoʻr etib tayinlagan shaxslarga, oʻz navbatida vafot etishlari ehtimoli bilan oʻzlariga vasiyat qilingan mol-mulkni muayyan tarzda tasarruf etish xususida koʻrsatma berish majburiyatini yuklashga haqli emas.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli