Янгиликлар
Er uchastkasining qiymatini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga kiritishning asosiy shartlari belgilandi
Er uchastkasining qiymatini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga kiritishning asosiy shartlari belgilandi.
Maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun, shuningdek, qiymati 10 million AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer uchastkasi ajratilganda, ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymati xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritilishi mumkin.
Yer uchastkasining qiymati talabtor tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xo‘jalik jamiyatining (mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati) ustav fondiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xo‘jalik jamiyatining ustav fondidagi davlat ulushini boshqaruvchi boshqa davlat organining ulushi yokud davlat organi ishtirokida tashkil etilgan boshqa xo‘jalik jamiyatining ulushi (ushbu jamiyatning ustav fondidagi davlat ulushini oshirgan holda) sifatida kiritiladi.
Xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga kiritish nazarda tutilgan yer uchastkasi davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim,
Yer uchastkasining qiymati ustav fondiga kiritilgan paytdan boshlab ep uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi xo‘jalik jamiyatiga tegishli bo‘ladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Ep uchastkasining qiymati shaklidagi davlat ulushi xo‘jalik jamiyati ustav fondining 49 foizidan oshmasligi shart.
Xo‘jalik jamiyati yangi tashkil etilgan yoki yer uchastkasining qiymati shaklidagi ulush ustav fondining 49 foizidan oshib ketgan taqdirda, muassislarga ustav fondining 51 foizdan ortiq qismini boshqa manbalar hisobidan amalda shakllantirish uchun ta’sis hujjatlarida kelishilgan, olti oydan uch yilgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshmaslaxatchisi: V.M.Farmankulov