Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarga zo‘r soliq imtiyozlari mavjud.


Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarga zo‘r soliq imtiyozlari mavjud.

Soddaroq aytganda korxonaning yagona ta’sischisi “nogironlik jamiyati” bo‘lsa, korxona quyidagi soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi:

Qo‘shilgan qiymat solig‘i. Soliq kodeksi 243-moddasida bunday korxonalarning aylanmasi QQSdan ozod qilinadi deyilgan.

Foyda solig‘i. Soliq kodeksining 337-moddasiga asosan foyda solig‘ini nol stavkada to‘laydi.

Mol-mulk solig‘i. Bunday korxonalar mol-mulk solig‘idan ham to‘liq ozod qilingan. SK, 414-modda.

Yer solig‘i. Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan ushbu korxonalar tomonidan egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,25 koeffitsient qo‘llaniladi.

Aylanmadan olinadigan soliq. Soliq kodeksining 467-moddasiga asosan aylanmadan olinadigan soliq stavkasi ham nol foiz qilib belgilangan.

Yuqoridagi imtiyozlardan foydalanish uchun korxona xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lishi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak

 

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshmaslaxatchisi:                            V.M.Farmankulov