Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2021 yildagi 312-sonli qarorining 9-bandida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2021 yildagi 312-sonli qarorining 9-bandida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan, lekin loyihaga talabgorning til bilish sertifikati ilova qilinmagan.
Asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinmagan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018 yildagi 244-sonli qarorining 23-bandi 2-qismida Bolalarni tashkilotga qabul qilish tashkilotning yoki buyruq rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi boshqa idoralarning aybi bilan kechikkanda, yo‘llanma o‘z kuchida qoladi deb belgilangan. Lekin ota-ona tomonidan yo’llanma mudddati 15 ish kunidan o’tib taqdim etilgan.
Talabgorning stajyor-o'qituvchi yoki o'qitivchi lavozimidan biriga qabul qilishni aniqlash uchun ish staji bor-yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud emas.
Loyihaga ilova qilingan SERTIFIKAT Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-sonli qo‘shma Qarorining Ilovasi, 1-bobida qayd etilgan xodimlardan ishga kirishda talab qilinadigan sertifikatlar ro‘yhatida mavjud emas.
Loyihada xodim ish hajmi yozilmagan.(o'qituvchilarga soatlarda)
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasida nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek muddatli mehnat shartnomasi istalgan vaqtda taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Mehnat shartnomasi mazkur asos bo‘yicha bekor qilinadigan sana xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo‘shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko‘rsatilishi shart deb belgilangan lekin ushbu buyruq loyihasiga taraflarning mehnat shartnomasini bekor qilish kelishuvi ilova qilinmagan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019 yildagi 823-sonli qarorining 33-bandida umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi deb belgilangan. Lekin loyihaga ilova qilingan kasallik varaqasida xodimning kasallik holati qoniqarli ekanligi yozilgan va ushbu asos bilan xodimga moddiy yordam puli berib bo’lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasida ish beruvchi o‘zining mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni yozma shaklda (imzo qo‘ydirib) ogohlantirishi shartliligi belgilangan. Lekin loyihaga xodimga berilgan ogohlantirish xati ilova qilinmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 434-moddasi 1-qismda boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar taqdim etishi shart bo’lgan hujjatlar belgilangan. Moddaning 1-qism 2-bandida asosiy ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha ma’lumotnomani ilova qilish lozim. Lekin ushbu tashqi o’rindoshlik shartnoma loyihasiga tegishli ma’lumotnoma ilova qilinmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019 yildagi 823-sonli qarori ning (12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisida har yili 1-iyulga qadar umumta’lim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholaydi va navbatdagi o‘quv yili uchun yuqori natija ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi deyilgan norma mavjud. Lekin mazkur buyruq loyihasi 1-iyuldan keyin ya’ni o’quv yili boshlangandan so’ng 16.09.2024 yilda huquqiy ekspertiza uchun markazga kelib tushgan.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li