Янгиликлар
Yangi ajratilgan yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash
Yangi ajratilgan yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash, qurilishni yakunlash hamda ob’ektni foydalanishga topshirish muddatlari
Bitga yer maydonida bir nechta bino va inshootlar qurish nazarda tutilgan taqdirda, mazkur asosiy shartlarda nazarda tutilgan talablar har bir bino va inshoot uchun alohida-alohida belgilanadi.
Loyihalash, qurilishni boshlash, qurilishni yakunlash hamda ob’ektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda (shahar) hokimligi tomonidan yer uzatmasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish va ep uchastkasini boshqa shaxsga realizatsiya qilish uchun elektron onlayn-auksionga chiqarish to‘g‘risida sudga majburiy tartibda da’vo arizasi kiritiladi.
Sud qaroriga asosan yer uchastkasini takroran realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar hisobidan ushbu uchastkasiga bo‘lgan huquqi bekor qilingan shaxsga majburiy yer uchastkasini olish uchun haqiqatda to‘lagan mablag‘lari (navbatdagi auksionda tushgan mablag‘dan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi, bunda ep uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash va auksion o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar chegirib qolinadi. Yer uchastkasi hududini avvalgi holatga qaytarish, qurilgan ob’ektlarni buzish va hududni tozalash yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi bekor qilingan shaxs hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida, shu jumladan, qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridanman o‘tish jarayonida o‘tkazib yuborilgan muddat ob’ektning foydalanishga topshirish muddatidan chegirib tashlanad
Fors major hollari yuz berganda mazkur asosiy shartlarda karda tutilgan muddatlar sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Barcha holatlarda quyidagi yer uchastkalari ularda barpo etiladigan ob’ektlarni qurib bitkazish va foydalanishga qabul qilish muddatiga ijara huquqi bilan ajratiladi (realizatsiya qilinadi):
???? ko‘p kvartirali uylar quriladigan va unga tutash yer uchastkalari;
???? jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurilib, davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga topshiriladigan ob’ektlar quriladigan yer uchastkalari.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshmaslaxatchisi: V.M.Farmankulov