Янгиликлар
O‘zbekiston SSRning qonunchiligi amal qilgan davrda qurilgan binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini
O‘zbekiston SSRning qonunchiligi amal qilgan davrda qurilgan binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar asos bo‘ladi:
???? vakolatli davlat organlarining binolarni va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlari, qarorlari va farmoyishlari;
???? ko‘chmas mulk oldi-sotdisiga, uni ayirboshlashga, hadya qilishga, bo‘lishga va turar joyni umrbod saqlash sharti bilan boshqa shaxsga berishga doir, imorat qurish to‘g‘risidagi, yer uchastkalarini xususiy mulk huquqi asosida uylar qurish uchun berish haqidagi, yakka tartibdagi imorat quruvchilarning uy-joy qurilish jamoalariga uylar qurish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi, er-xotin o‘rtasida uyni bo‘lish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar;
???? xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining imoratlarga bo‘lgan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi (mavjud hujjatlar asosida) qarorlari;
umumiy mulk bo‘lgan imoratning tegishli qismiga bo‘lgan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda uy ochiq kim oshdi savdolarida olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
????binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari;
???? ko‘chmas mulkning boshqa shaxsga berilishi haqidagi shartnomalarning dublikatlari.
Binolarga va inshootlarga bo‘lgan ijara huquqi ijara shartnomasi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshmaslaxatchisi: V.M.Farmankulov