Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibi


Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibi

➡️harakatlar ketma-ketligi

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;

3️⃣ Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

5️⃣Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

6️⃣Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

⏰ Xizmat ko'rsatish muddati:

Kadastr pasportini shakllantirish

????Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

???? umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

????umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

????umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

????umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

????umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

????umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

????ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

???? 2 ish kunigacha.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshmaslaxatchisi:                            V.M.Farmankulov