Янгиликлар
O‘rindoshlarga ustama va boshqa to‘lovlar boshqa xodimlar kabi to‘lanishi kerak.
O‘rindoshlarga ustama va boshqa to‘lovlar boshqa xodimlar kabi to‘lanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yildagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 15-bandiga asosan Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik ish beruvchilar mazkur normani noto‘g‘ri tushunmoqda. Jamoa shartnomasida o‘rindoshlarga to‘lanishi belgilanmagan deb to‘lamayapti aslida bu noto‘g‘ri. Chunki, normada mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, deyilmoqda. Ya’ni agar ichki lokal xujjatda o‘rindosh xodimga to‘lanmasligi belgilangan bo‘lsagina to‘lanmaydi. Jamoa shartnomasida alohida to‘lanishini yozib qo‘yilishi shart emas. Agar yozilmagan bo‘lsa, bu holatda o‘rindosh hodimga mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lanishi shart.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshmaslaxatchisi: V.M.Farmankulov