Янгиликлар
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga imorat qurish javobgarlikka sabab bo‘ladi
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga imorat qurish javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi 2-qismiga ko‘ra yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur moddaning 3-qismiga ko‘ra o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari (40 500 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 33-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ishni sudga yuborishi mumkin.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshmaslaxatchisi: V.M.Farmankulov