Янгиликлар
Uydan chiqmay, hech qanday xarajat qilmay onlayn huquqiy konsultatsiya olish
Uydan chiqmay, hech qanday xarajat qilmay onlayn huquqiy konsultatsiya olish, sudga va boshqa davlat tashkilotlariga hujjatlarni onlayn yuborish mumkin.
Yurist maslahati kanali o‘z faoliyatini boshlaganiga qariyb 5 yil bo‘ldi. Mazkur yillar davomida fuqarolarning o‘zini qiynab kelgan murojaatlariga huquqiy asoslangan javoblar berib, ularning muammolari yuzasidan sudga va boshqa davlat tashkilotlariga arizalar tayyorlash va ularni onlayn yuborish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Natijada o‘z muammolarini uydan chiqmay hal qilish imkoniga ega bo‘lishmoqda.
Sizda ham mana shunday imkoniyat mavjud. Huquqiy muammongiz bormi, uni bizga, o‘z mutaxassislariga topshiring va ko‘ngilni xotirjam qilgan holda ishingizni davom ettiring. Murojaat qilganda masalangizni matn yoki audit shaklda to‘liq tushuntiring, masalangiz yuzasidan hujjatlar mavjud bo‘lsa, ularni yuboring. Mutaxassislarimiz sizni uzoq kuttirmaydi. Bizga quyidagi havola orqali bog‘lanishingiz mumkin.????
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshmaslaxatchisi: V.M.Farmankulov