Янгиликлар
Oʻtgan yilgi yoki undan oldingi yillardagi foydalanilmagan taʼtillardan foydalanish mumkinmi?
Oʻtgan yilgi yoki undan oldingi yillardagi foydalanilmagan taʼtillardan foydalanish mumkinmi?
Har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. (MK 230-modda 1-qism)
Mehnat kodeksining 230-moddasi 2-qismiga aosan Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga koʻra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning oʻn toʻrt kalendar kundan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin boʻlib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart. Yaʼni xodim har yili taʼtilining maʼlum qismidan foydalanishi shart.
Oʻtgan yilgi taʼtilni bu yilgi taʼtilga qoʻshib yuborish mumkinmi? Mehnat kodeksida bu masala yuzasidan taʼqiq mavjud emas. Xodim ish beruvchi bilan kelishib oʻtgan yilgi taʼtilni bu yilgi taʼtilga qoʻshib olsa boʻladi.
Xodim masalan tugʻriq taʼtilada boʻlib yoki mehnatga layoqatsizlik taʼtilida boʻlib yillik taʼtilga ish beruvchi tomonidan chiqarilmadi. (Aslida bu qonun buzilishi) bunday holatda foydalanilmagan taʼtil yoʻq boʻlib ketmaydi.
Kodeksning 234-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli