Янгиликлар
OLINGAN KREDITNI MUDDATIDAN OLDIN TOʻLASA NIMA BOʻLADI
OLINGAN KREDITNI MUDDATIDAN OLDIN TOʻLASA NIMA BOʻLADI
06.05.2006 yildagi OʻRQ-33-son "Isteʼmol krediti toʻgʻrisida"gi qonunining 16-moddasiga asosan, isteʼmolchi olingan isteʼmol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda isteʼmolchi faqat isteʼmol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar toʻlaydi deb koʻrsatilgan.
Yaʼni, agar Siz isteʼmol kreditini 3 yilga olgan boʻlsangizu lekin kreditni 3 yil emas bir yilda xammasini toʻlab yuborsangiz qolgan ikki yil uchun Sizga foiz xisoblanmaydi. Kredit uchun foizlar faqat Siz undan foydalangan vaqtingiz uchun xisoblanadi xolos.
Masalan: 3 yillik shartnoma bilan 100 soʻm kredit olgansiz deylik, Siz uni 3 yilda foizlari bilan 130 qilib qaytarishingiz kerak lekin, Siz qarzni uch yilda emas bir yilda toʻlab yuborsangiz 100 soʻmni 130 soʻm qilib emas 110 soʻm toʻlab xammasini yopib yuborishingiz mumkin.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
Bosh maslahatchisi L.Numonov