Янгиликлар
IKKINCHI MUTAXASISLIKDA OʻQIYOTGANLARNING OYLIGI SAQLANMAYDIMI?
IKKINCHI MUTAXASISLIKDA OʻQIYOTGANLARNING OYLIGI SAQLANMAYDIMI?
Mehnat kodeksining 237-moddasiga muvofiq hodim oʻquv taʼtilida (kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʻyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar) yoki ijodiy taʼtilda boʻlgan vaqtida uning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Lekin bu qoida xodim 1-mutaxassislik boʻyicha oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotganligida tatbiq etiladi.
Agar siz oliy taʼlim tashkilotida 2-mutaxassislik boʻyicha tahsil olayotgan boʻlsangiz, sizga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil beriladi.
Bu qoida Mehnat kodeksining 386-moddasida belgilab qoʻyilgan. Yaʼni, ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi taʼlim olayotganda beriladi (2-mutaxassislik emas, 1-mutaxassislikda degani bu).
Shu sababli, masʼul xodimlarning taʼtilingiz davomida oʻrtacha oylik ish haqingiz saqlanmasligi toʻgʻrisida bergan koʻrsatmalari toʻgʻri.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li