Янгиликлар
FHDYO ongani nikohdan ajratishi mumkin
FHDYO ongani nikohdan ajratishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDYO organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) boʻlmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qiladi. Agar xotin homilador boʻlsa nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etiladi.
FHDYO organi er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay bu haqida er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli