Янгиликлар
Kafillikdan voz kechsa boʻladimi?
Kafillikdan voz kechsa boʻladimi?
Koʻpchilik oʻylaydiki, kreditga kafillik shartnomasini tuzgach, keyinroq undan voz kechish mumkin va oson. Lekin aslida bunday emas. Kafillik qarzdor majburiyatlari boʻyicha kafilda ham majburiyat vujudga keltiradi. Qonunchilikka koʻra shartnomani bir tomonlama bekor qilish, yaʼni kafillikdan bir tomonlama voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Masalan, kafil shartnoma tuzganidan keyin ishidan ayrilsa, kasal boʻlib qolsa, qarzdor (kredit olgan tanishi) bilan janjallashib qolsa ham kafillik oʻz kuchida qolaveradi. Kafillik shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun bank bilan kelishish kerak boʻladi, bank esa hech qachon oʻz taʼminoti zarariga harakat qilmaydi. Kafillik qachonki kredit qarzi toʻliq toʻlanganda, qarz majburiyati boshqa shaxsga oʻtkazilganda yoki kafillik muddati oʻtib boʻlgandan keyin tugaydi.
Yana bir yoʻli kafilni almashtirishni soʻrab bankka murojaat qilish, agar tomonlar kelishsa kafilni boshqa shunday shaxsga almashtirish mumkin.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli