Янгиликлар
- Amaldagi mehnat kodeksining 315-moddasiga asosan. Intizomiy jazoning amal qilish muddati, tugallanishi va olib tashlanishi quyidagilardan iborat
- Amaldagi mehnat kodeksining 315-moddasiga asosan. Intizomiy jazoning amal qilish muddati, tugallanishi va olib tashlanishi quyidagilardan iborat
- Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qoʻllanilgan kundan eʻtiboran bir yildan oshmasligi kerak.
- Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan eʻtiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qoʻllanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrugʻi chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.
- Ish beruvchi intizomiy jazoni oʻz tashabbusiga koʻra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qoʻmitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga koʻra, bir yil oʻtguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
- Ushbu moddada nazarda tutilgan intizomiy jazo tugallanishi va olib tashlash qoidalari ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlariga muvofiq mehnat shartnomasi bekor qilingan holda qoʻllanilmaydi.
Bekobod tumani Adliya boʻlimi YuXKM boshligʻi A.Iskandarov