Янгиликлар
- Assalomu alaykum! Savolim bor edi. Maktabda ishlovchi pensiyadagi ukituvchi attestatsiya dan utishi shartmi, direktor majburlashi, bosim utkazishi tugʻrimi?
- Assalomu alaykum! Savolim bor edi. Maktabda ishlovchi pensiyadagi ukituvchi attestatsiya dan utishi shartmi, direktor majburlashi, bosim utkazishi tugʻrimi?
- Javob:
-
- Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17 sentabrdagi 572-son qarori 6-bandiga koʻra pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugashidan qatʻi nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha ularga haq toʻlanadi.
- Bunda pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtib, malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan taqdirda, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.
- Mana shu qoidaga koʻra pensiyadagi pedagog xodimlarni majburiy attestatsiyaga jalb qilish, ularni majburlash mumkin emas.
- Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 49-moddasi bilan (yaʻni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
-
- Bekobod tumani Adliya boʻlimi YuXKM boshligʻi A.Iskandarov