Янгиликлар
Amaldagi mehnat kodeksining 324-moddasiga koʻra Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan yoʻqotilgan ish haqining oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan oylik toʻlovlar miqdori
- Amaldagi mehnat kodeksining 324-moddasiga koʻra Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan yoʻqotilgan ish haqining oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan oylik toʻlovlar miqdori
- Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan yoʻqotilgan ish haqining oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan oylik toʻlovlar miqdori jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan uning kasbiy mehnat qobiliyatining yoʻqotilishi darajasiga muvofiq boʻlgan foizli nisbatda belgilanadi.
- Kasbiy mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan belgilanadi.
- Ziyonning oʻrnini qoplashga oid toʻlovni tayinlashda jabrlanuvchi oladigan ish haqi, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. Bunda mehnatda mayib boʻlgan jabrlanganlarga — nogironligi boʻlgan shaxslarga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash summasi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ellik foizidan kam boʻlmasligi kerak.
- Bekobod tumani Adliya boʻlimi YuXKM boshligʻi A.Iskandarov