Янгиликлар
Maktab buxgalterlari ham direktor jamgʻarmasidan ustama olishi mumkinmi?
Maktab buxgalterlari ham direktor jamgʻarmasidan ustama olishi mumkinmi?
- Assalomu alaykum. Men Urganch ixtisoslashtirilgan sanʻat maktabida bosh xisobchi lavozimida ishlayman. Bizning maktab Madaniyat vazirligiga qaraydi. Vazirlar mahkamasining 03.09.1999-yildagi 414-sonli qarori boʻyicha direktor jamgʻarmasidan ustama olishim mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa necha foiz olish mumkin?
- Ixtisoslashtirilgan sanʻat va madaniyat maktablaridagi Direktor jamgʻarmalari ham Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ILOVA "Umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida"gi NIZOM asosida tashkil etiladi va faoliyat olib boradi.
-
- Mazkur nizomning 4-bandiga muvofiq, Jamgʻarmaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- ▪️umumtaʻlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan pedagog (ular umumiy sonining koʻpi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yoʻli bilan ularni moddiy ragʻbatlantirish;
- ▪️umumtaʻlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish;
- ▪️tejalgan mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu mablagʻlar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha toʻlanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.
- Shunday ekan bu jamgʻarmadan ustamalar faqat pedagog, kutubxonachi va psixologlarga toʻlanadi.
-
Bekobod tumani Adliya boʻlimi YuXKM boshligʻi A.Iskandarov