Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Taʻlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi


Taʻlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi

 

-          Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qaroriga ilovada tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʻlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 7-bandida taʻlim muassasalarida oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin taʻlim oluvchilar:

-          telefonini oʻchirib qoʻyishi;

-          telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qoʻyishi shartligi belgilangan.

-           

-          Shunday ekan har bir oʻquvchi maktab hududiga kirganda yuqoridagi harakatlarni amalga oshirishi shart.

-           

-          Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrugʻiga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʻlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 9-bandiga koʻra oʻquvchilar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

 

Bekobod tumani Adliya boʻlimi YuXKM boshligʻi A.Iskandarov