Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Oʻrindosh xodimlarga ustama, yordam puli, yillik mehnat taʼtili berish tartibi.


Oʻrindosh xodimlarga ustama, yordam puli, yillik mehnat taʼtili berish tartibi.

Juda koʻp holatlarda ish beruvchilar tomonidan oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga ustama, yordam puli va taʼtil berishda turli tushunmovchiliklar vujudga keladi. Mazkur postda ushbu masalaga birma-bir toʻxtalib oʻtamiz. Mehnat kodeksining 438-moddasiga asosan Agar jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan oʻzga ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar mehnatiga haq toʻlash shakllari va tizimlari, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlash mazkur ish oʻzi uchun asosiy ish boʻlgan xodimlarga belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yaʼni agar ishxonaning biror lokal (ichki) hujjatida oʻrindosh xodimlarning mehnatga haq toʻlash borasida cheklov oʻrnatilmagan boʻlsa, ish beruvchi oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimga asosiy ishdagi xodim bilan teng haq (ustama moddiy yordam)toʻlashi lozim. Mazkur qoida ichki oʻrindoshlarga ham tegishli.

Taʼtillar masalasiga toʻxtaladigan boʻlsak, Mehnat kodeksining 216-moddasiga asosiga koʻra Barcha xodimlar, shu jumladan oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. Bu yerda ichki oʻrindosh ham tashqi oʻrindosh ham nazarda tutilgan. Koʻplab tashkilotlarda ichki oʻrindoshlarga taʼtil berilmasligi holati koʻzga tashlanadi. Bu noqonuniy hisoblanadi. Sababi oʻrindoshlik ishi asosiy ishidan boʻsh vaqtda bajarilib MKning 435-moddasi bilan alohida mehnat shartnomasi tuziladi. Shuningdek, oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga ham mehnat kodeksining 220, 401-moddalari belgilangan ham har yilgi qoʻshimcha taʼtillar ham beriladi.

Taʼtilga chiqqanda moddiy yordam puli ham MKsining 446-moddasi, 438-moddalariga asosan jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal hujjatlarda oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga berish taʼqiqlanmagan boʻlsa, berilishi lozim.

Yuqoridagi asoslardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ustama, moddiy yordam, va bayram pullari agar korxonaning ichki hujjatida berilishi taʼqiqlanmagan boʻlsa berilishi mumkin. Mehnat taʼtili esa berilishi shart hisoblanadi.

 

Ohangaron tuman Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi              Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon    bosh yuriskonsulti                                         oʻgʻli