Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Kontraktni 4 qismga boʻlib toʻlash imkoni bormi?


Kontraktni 4 qismga boʻlib toʻlash imkoni bormi?

JAVOB: Ha, 4 ga boʻlib toʻlash mumkin.

OTM talabalariga oʻqish uchun yillik toʻlovning toʻliq miqdorini teng ulushlarda toʻrt qismga boʻlish yoʻli bilan oʻtkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;

75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;

100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

Toʻlov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni oʻzi hal qiladi.

kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga boʻlib toʻlash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham koʻrib olsangiz boʻladi.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

Bekobod tumani Adliya boʻlimi YuXKM boshligʻi A.Iskandarov