Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Talaba maktabda necha soatgacha ishlashga haqli?


Talaba maktabda necha soatgacha ishlashga haqli?

JAVOB:

Talabaning asosiy vazifasi taʻlim olish hisoblanadi. Shu tufayli talaba faqat darsdan boʻsh vaqtlaridagina ishlashga haqli. Anʻanaviy yoki masofaviy shaklda oʻqishning oʻqishning ahamiyati yoʻq. Har ikki holatda ham asosiy vazifa oʻqish.

Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq boʻlgan, yaʻni alohida xususiyatga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan oʻttiz olti soat qilib belgilanadi.

Shunga koʻra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi.

 

Bekobod tumani Adliya boʻlimi YuXKM boshligʻi A.Iskandarov