Янгиликлар
ALIMENT TOʻLOVCHINING ISH JOYINI TEKSHIRTIRSA BOʻLADIMI ?
ALIMENT TOʻLOVCHINING ISH JOYINI TEKSHIRTIRSA BOʻLADIMI ?
Savol:
Erim ishlayotgan joyidan 5 mln soʻmdan ortiq oylik oladi lekin, boshqa joydan qandaydir xujjat qilib alimentni kam toʻlaydi. Men uni haqiqiy ishlash joyidan alimentni kam miqdorda toʻlayotganligini qanday tekshirtirsam boʻladi ?
Javob:
Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi 258-II-son Qonuniga koʻra, davlat ijrochisi aliment boʻyicha pul mablagʻlarining qarzdorning ish haqidan toʻgʻri ushlab qolinishi va oʻz vaqtida oʻtkazilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan tekshirish oʻtkazishi mumkin.
Shu sababli, Siz aliment pullari toʻgʻri ushlab qolinayotganligini tekshirish uchun davlat ijrochisiga murojaat qilishingiz kerak
Agar aliment toʻlovchi yoki u ishlayotgan tashkilot vakili ijrochining talabiga koʻra notoʻgʻri maʼlumot bersa yoki maʼlumot bermasa, ularning bu harakati javobgarlikka sabab boʻladi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov