Янгиликлар
ALIMENT UNDIRISHDA ALIMENT TOʻLOVCHINING QANDAY DAROMADLARI XISOBGA OLINADI ?
ALIMENT UNDIRISHDA ALIMENT TOʻLOVCHINING QANDAY DAROMADLARI XISOBGA OLINADI ?
Oila kodeksining 104-moddasiga koʻra,
➖ aliment Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura (pul xisobiga beriladigan narsa) tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi.
???? Chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi boʻyicha soʻmlarda hisoblanadi.
✏️ Qisqa qilib aytganda aliment undiruvi aliment toʻlovchining koʻzga koʻringan barcha daromadlariga nisbatan qaratiladi. Faqat u daromadlar rasmiy boʻlishi va qandaydir xujjatlarda oʻz aksini topgan boʻlishi kerak. Agar aliment toʻlovchini rasmiy daromadi boʻlmasa, unda aliment ishsizlik hisobi boʻyicha xamda Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi va undiriladi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov