Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi


Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi

Hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Ish beruvchi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida arizani ko‘rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart.

Ish beruvchining xodimga hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodimga yoki ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslarga ushbu buyruq qabul qilingan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda topshiriladi.

Xodim yoki ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi bo‘lmagan yoki ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.

 

Piskent tumani Adliya bo‘limi                                                                     Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi                                                                         bosh yuriskonsulti                                                                R.Mavlanov.