Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari


Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari

Xodimning malakasi uning muayyan kasbiy faoliyat turini bajarishga tayyorligini tavsiflaydigan kasbiy bilimlari, malakalari, ko‘nikmalari, layoqati va ish tajribasining darajasidir.

Kasb standarti asosiy mehnat vazifalari va ularni bajarish shartlari tavsifini o‘z ichiga olgan, mehnat bo‘yicha malaka darajasiga, layoqatga, mehnat sifati va shart-sharoitlariga doir talablarni belgilaydigan standartdir. Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo‘llash tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Agar qonunchilikda xodimga muayyan mehnat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malakaga nisbatan talablar belgilangan bo‘lsa, kasbiy standartlarning mazkur talablarga doir qismi ish beruvchilar tomonidan qo‘llanilishi shart.

Kasb standartlarida ko‘rsatilgan va qo‘llanilishi majburiyligi ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq belgilanmagan malakalarning tavsiflari ish beruvchilar tomonidan xodimlarning malakasiga doir talablarni aniqlash uchun asos sifatida qo‘llaniladi, bunda xodimlarning qo‘llanilayotgan texnologiyalarga hamda qabul qilingan ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishga bog‘liq holda bajarayotgan mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.

 

Piskent tumani Adliya bo‘limi                                                                     Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi                                                                         bosh yuriskonsulti                                                                J.Mavlanov.