Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tasnifi


Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tasnifi

Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanadi:

1) mehnat munosabatlarining subyektlari (ayollar, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar) bo‘yicha;

2) mehnat faoliyatining sohalari, tarmoqlari va turlari (pedagoglar va tibbiyot xodimlari, transport xodimlari va boshqalar) bo‘yicha;

3) mehnat sharoitlarining og‘irligiga va (yoki) zararliligiga qarab;

4) tabiiy-iqlim sharoitlariga qarab;

5) xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarining xususiyatlari (kasanachilar, masofadan turib ishlovchi xodimlar va boshqalar) bo‘yicha.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini tasniflashning boshqa mezonlari ham nazarda tutilishi mumkin.

 

Piskent tumani Adliya bo‘limi                                                                     Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi                                                                         bosh yuriskonsulti                                                                J.Mavlanov.