Янгиликлар
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash chog‘ida kafolatlarning saqlanib qolishi
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash chog‘ida kafolatlarning saqlanib qolishi
Xodimlarning mehnat sohasidagi hamda muayyan mehnat turiga xos bo‘lgan talablar yoki yuqori ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslarga alohida g‘amxo‘rlik qilish (mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari) bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlar sohasidagi huquqlarining asoslantirilgan tafovutlari, istisnolari, afzalliklari, shuningdek cheklovlarini belgilash chog‘ida tegishli toifadagi xodimlarning ushbu Kodeksda va mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha kafolatlari saqlanadi, bundan ushbu bo‘limda belgilangan, xodimlarning mazkur toifasi uchun ayrim kafolatlarni berish imkoni yo‘qligi bilan bog‘liq alohida istisnolar mustasno.
Piskent tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Mavlanov.