Янгиликлар
BOLAMNI ChETGA OLIB CHIQISHGA OTASI ROZILIGI SHARTMI?
BOLAMNI ChETGA OLIB CHIQISHGA OTASI ROZILIGI SHARTMI?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM ga asosan
Bolaning yoshidan qaʼti nazar, dunyoning istalgan mamlakatiga olib chiqish uchun unga biometrik pasport rasmiylashtirish kerak.
Boshqa mamlakatga doimiy yashash uchun chiqishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab etiladi.
Doimiy yashash uchun chiqishda ota-onadan birining roziligi boʻlmasligi yoki bolani olib chiqishga qoʻyilgan taqiq ichki ishlar organlari tomonidan biometrik pasportni rasmiylashtirish yoki davlat chegarasini kesib oʻtishni rad etishga sabab boʻlishi mumkin.
Yuqoridagi asosga koʻra otaning roziligi talab qilinadi. Istisno holatlari mavjud.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov