Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Ishdan boʻshayotganda xodimga qanday pullar toʻlab berilishi kerak?


Ishdan boʻshayotganda xodimga qanday pullar toʻlab berilishi kerak?

 

Koʻpchilik xodimlar ishdan boʻshayotganda menga ishxana tomonidan pul toʻlab berilishi kerakmi? degan savollar bilan bizga murojaat qilishadi. Mehnat kodeksida xodim ishdan boʻshayotganda unga xodimning ish faoliyati bilan bogʻliq toʻlovlarni toʻlab berish belgilab qoʻyilgan.

 

Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.

Hisob-kitob xodimga:

 

oxirigacha olinmagan ish haqini;

xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiyalarni;

agar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa toʻlovlarni toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu toʻlovlarni toʻlashni oʻz ichiga olishini belgilangan.

 

Yaʼni xodim ishdan boʻshayotganda ish beruvchi tomonidan unga yuqoridagi 3 turdagi pullar toʻlab berilishi kerak.

 

Bu pullar qachon toʻlanishi kerak?

 

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli boʻlgan barcha summalarni toʻlash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

 

Oʻzi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir toʻlovlar (oy, chorak, yil yakunlari boʻyicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu toʻlovlar xodim tomonidan tegishli talab qoʻyilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                        S.Djamalov