Янгиликлар
KREDITGA OLINGAN UYNI SOTSA BOʻLADIMI ?
KREDITGA OLINGAN UYNI SOTSA BOʻLADIMI ?
Amaliyotda kreditga olingan uylar olingan kreditning taʼminoti sifatida garovga olinadi. Yaʼni, oʻrtada tuzilgan garov shartnomasiga asosan to kredit qarzdorligi toʻlanmaguncha oʻsha olgan uy banklar tomonidan sotish uchun taqiq qoʻyilgan boʻladi.
“Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonunning 26-moddasida,➖ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki oʻzgacha usulda faqat ipotekaga oluvchi (Bank) ning roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkingi koʻrsatilgan.
Fuqarolik kodeksi 322-moddasida qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish degan norma bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini boshqa bir toʻlovga layoqatli shaxsga (yangi qarzdorga, yoki Siz sotmoqchi boʻlgan oʻsha odamga) oʻtkazish mumkin.
Bunda Siz bilan bank oʻrtasida tuzilgan shartnomaga oʻzgartirish kiritiladi va shartnoma boʻyicha Sizni zimmangizda boʻlgan barcha majburiyatlar oʻsha shaxsga oʻtadi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov