Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH UCHUN UNDIRILADIGAN TOʻLOV QANCHA ?


OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH UCHUN UNDIRILADIGAN TOʻLOV QANCHA ?

 

“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra,

 

➖ yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik toʻlov undiriladi:

 

Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari;

 

Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari;

 

viloyatlar boʻysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari;

 

boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari;

 

qolgan hollarda bir martalik toʻlov tegishli hududdagi oʻrtacha auksion bahosi miqdorida toʻlanadi.

 

Shuningdek, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yigʻim toʻlagan shaxslar toʻlovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                        S.Djamalov