Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Otalikdan ( onalikdan ) qanday mahrum qilsa boʻladi?


Otalikdan ( onalikdan ) qanday mahrum qilsa boʻladi?

 

 

Oila kodeksining 79-moddasiga koʻra ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:

 

➖ ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa;

 

➖ uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

 

➖ ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa;

 

➖ muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa;

 

➖ oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

 

❗️Mazkur kodeksning 80 moddasiga binoan ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                        S.Djamalov