Янгиликлар
ERKAKLAR HAM AYOLLAR XAM MUDDATIDAN IKKI YIL OLDIN YoSHGA DOIR PENSIYAGA CHIQISHI MUMKIN, AGARDA..
ERKAKLAR HAM AYOLLAR XAM MUDDATIDAN IKKI YIL OLDIN YoSHGA DOIR PENSIYAGA CHIQISHI MUMKIN, AGARDA..
"Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi qonunning 14-moddasiga koʻra,
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar:
➖ Erkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;
➖ Ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar deb belgilangan.
✏️ Demak, shtatiga qisqartirish kelgan hodim muddatidan ikki yil avval pensiyaga chiqishi mumkin, faqat buning uchun u yuqorida koʻrsatilgan yoshga va ish stajiga ega boʻlishi xamda mehnat organlarida ishsiz deb eʼtirof etilgan boʻlishi kerak.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov